Toshkent shahar hokimi qarori bilan “Paxtakor” futbol klubiga poytaxt budjetidan 7 mlrd so‘m ajratish belgilandi. Qaror jamoatchilik noroziligiga uchradi. Shundan so‘ng hokimlik qaror bo‘yicha izoh berdi.
Toshkent shahar hokimligi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yashil hudud saqlab qolinishini ma’lum qildi. Qurilish haqidagi qaror aholi noroziligi sabab emas, daraxt kesishga moratoriy kiritilgani va tadbirkor belgilangan muddatda qurilishni boshlamagani uchun bekor qilingan.
Toshkent shahar hokimi poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Anvar Umarovga boshqarma «balansida bo‘lgan texniklardan samarali foydalanmagani va ishda yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari» uchun hayfsan berdi.
O‘qituvchilarni bir xil kiyintirish tashabbusi hokimlikning o‘zidan chiqqan, biroq bu forma majburiy emas, dedi poytaxt hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova. Bepul tarqatiladigan forma uchun 1,5 mlrd so‘m mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismidan ajratilgan.
Toshkent hokimligi Turkiyaning Outdoor Factory kompaniyasi nima uchun poytaxtdagi uchta davlat muzeyini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va pudratchilik ishlarini bajarish huquqini tendersiz olganini tushuntirdi.
Poytaxt hokimligi huzuridagi «Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi» DUK xodimi 3 sherigi bilan 30 sotix yerni 420 ming dollarga sotmoqchi bo‘lib, 42 ming dollarni avans sifatida olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Jizzax va Samarqandda Davlat kadastrlar palatasining tuman filiallarida rahbar va xodim, Sirdaryoda esa bir fuqaro korrupsiyada gumonlanib, qo‘lga olingan.
1 yanvardan Toshkent shahrida jamoat transporti uchun yo‘l haqini 1400 so‘mdan 1700 so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Shunga qaramasdan, transport kartasi bilan to‘lovni amalga oshirish joriy narxdan arzonroq bo‘lishi kerak. Karta bilan jamoat tranportida harakatlanish soniga chegara o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Latipova Ziyoda Baxromovna tomonidan Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan — qora rangdagi Mercedes Benz S500 Hybrid avtomobili bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.
Yunusobod tumanidagi 4-Issiqlik markazining elektr energiyasi ta’minotida nosozlik ro‘y bergani sababli Yunusobod, Olmazor va Shaxontohur tumanlarida issiq suv va issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi Chilonzor tumanidagi Mahmudjon G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi 10 noyabrgacha cheklangani haqida xabar bergandi. Hokimlikning ma’lum qilishicha, yo‘lda ta’mirlash ishlari yana 5 kun davom etadi.
Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi ikki tomonlama yo‘lning bir tomoni 7 noyabrdan 17 noyabrgacha qisman yopiladi.
Toshkent shahrida davlat ehtiyoji uchun 13 yil oldin buzilgan uylar o‘rniga uy-joy yoki kompensatsiya pullari bugungi kunga qadar to‘lab berilmagan. Deputat Rasul Kusherbayevning ta’kidlashicha, «bu harakat davlatning o‘z fuqarosi oldida xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash majburiyatini bajarmayotganini ko‘rsatmoqda».
Toshkentda 4 noyabr soat 11:00gacha olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari munosabati bilan Islom Karimov ko‘chasining Senat yangi binosi oldidagi qismi yopildi. Avtobus yo‘nalishlari aylanma yo‘nalishda tashkil etilgan.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 12 oktabrdan ijtimoiy soha obyektlarini isitilishi boshlanishi haqida qaror qabul qildi.
Toshkentda chorshanba kuni kechqurun tungi «Tungi velosayr» festivali bo‘lib o‘tadi. Sayr Mahtumquli va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha davom etadi. Barcha velosport ishqibozlari ishtirok etishi mumkin.
Toshkent shahar hokimligi 24−26 iyul kunlari ob-havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishni so‘radi. Avvalroq, O‘zgidromet dam olish kunlari va hafta boshida havo juda issiq bo‘lishini e’lon qilgan edi.
Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan jami 40 nafar toshkentlik sportchining har biri 100 mln so‘m mukofot puli bilan rag‘batlantirildi.
Toshkent byudjetidan davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizliklari) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash xarajatlari uchun 5,72 mlrd so‘m ajratiladi. Hokimning qaroriga binoan yetkazilgan zarar sud qarorlari asosida qoplanadi.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida besh oy ichida 1000 dan ortiq peshlavha, reklama va e’lonlar davlat tiliga tarjima qilindi. Bu «Reklama to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzishi mumkin.
Toshkent hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi boshqaruv xizmati kompaniyasi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu taklifni prezidentga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting